maqola · 10-iyul, 2026

AI ish haftasini qisqartirmaydi. Rahbar qisqartiradi

AI uch yoki ikki kunlik ish haftasini va’da qilyapti. Tarix esa texnologiya bo‘shatgan vaqtni yana ish bilan to‘ldirishimizni ko‘rsatadi.


AI ish haftasini qisqartirmaydi. Rahbar qisqartiradi

Steve Cohen tez orada to‘rt kun ishlashimizni aytyapti. Zoom rahbari Eric Yuan uch kunni kutyapti. Bill Gates bir o‘n yillik ichida ikki kunlik ish haftasini taxmin qildi. Elon Musk undan ham uzoqqa ketdi: ish ixtiyoriy hobbyga aylanarmish.

Ishonmadim.

Bu rahbarlarning istalgani o‘z kompaniyasida ish haftasini AI kelishidan oldin ham qisqartira olardi. Buning uchun yangi model, superkompyuter yoki mo‘jiza kerakmasdi. Kalendar kerak edi. Qaror kerak edi.

Tajriba allaqachon o‘tkazilgan

2015-yilda Islandiyada qisqa ish haftasi sinovdan o‘tdi. Productivity o‘sha darajada qoldi yoki oshdi, xodimlarning holati yaxshilandi. Keyin model mamlakat bo‘ylab kengaydi.

Britaniyada 61 kompaniya va qariyb 3 ming xodim qatnashgan katta tajribada tushum oshdi, stress va burnout kamaydi. 4 Day Week Global ma’lumotida xodimlarning 39 foizi kamroq stress his qilgan, kasallik sabab ish qoldirish 65 foizga kamaygan. Kompaniyalarning 92 foizi to‘rt kunlik rejimni davom ettirgan.

Demak, masala «ishlaydimi?» degan savolda qolmagan. Ishlaydi.

Asosiy savol boshqa: rahbar bir kunlik nazorat hissidan voz kecha oladimi?

Kelajak haqida gapirayotganlar bugun ko‘proq vaqt talab qilyapti

Elon Musk haftasiga kamida 40 soat ofisda bo‘lishni talab qiladi, katta ta’sir uchun 80 soatdan ko‘proq ishlash kerakligini aytadi. Nvidia rahbari Jensen Huang to‘rt kunlik haftani kutadi, o‘zi yetti kun ishlaydi. JPMorgan rahbari Jamie Dimon 3,5 kunlik ish haftasini taxmin qiladi, xodimlarini esa besh kun ofisga chaqiradi.

Forecast 3.5 days. Policy 5 days.

«Future of work» prezentatsiyasi chiroyli. Turniket esa ertalab kim kelganini sanab turibdi.

Rahbarlar texnologiyani ko‘pincha vaqt bo‘shatadigan vosita sifatida sotadi. Keyin bo‘shagan vaqtga yana task qo‘shadi. Eski workflow ustiga AI o‘rnatiladi, talablar ko‘payadi, KPI yangilanadi. Natijada xodim tezroq ishlaydi va yana ko‘proq ish oladi.

Texnologiya vaqtni bo‘shatadi. Biz uni yana band qilamiz

1980-yillarda jurnalistlar yozuv mashinkasida, uch nusxali karbon qog‘oz bilan ishlagan. Xatoni qaychi va yelim bilan tuzatgan. Kompyuter, internet va raqamli nashr bu mehnatni keskin yengillashtirdi.

Ish vaqti kamaymadi. Nashr 24 soatlik rejimga o‘tdi.

Kir yuvish mashinasi, idish yuvish mashinasi va mikroto‘lqinli pech ham uy ishlarini tezlashtirdi. Jamiyat esa tozalik, ovqat va bola tarbiyasi bo‘yicha talablarni ko‘tardi. Tejalgan vaqt yangi standartlarga ketdi.

AI ham shu yo‘ldan ketyapti, nazarimda. 200 xodimli texnologik kompaniyada o‘tkazilgan bir tadqiqot AI vositalari ishni kamaytirmaganini, aksincha uni kuchaytirganini qayd etdi. Xodimlar qo‘shimcha vazifalarni ola boshlagan. Bunga workload creep (ish hajmining sekin kengayishi) deyishadi.

AI sizga ikki soat tejaydi. Tizim o‘sha ikki soatni uchta yangi topshiriq bilan sotib oladi.

Mana «productivity».

Qisqa hafta texnologik muammo emas

Besh kunlik ish haftasi ham bir paytlar yangi qaror edi. Henry Ford uni 1926-yilda standartlashtirdi. Undan oldin ham elektr quvvati ish kunini to‘rt soatga tushiradi, degan bashoratlar bo‘lgan. John Maynard Keynes 2030-yilga borib haftasiga 15 soat ishlaymiz, deb kutgan.

2030 eshik oldida. Kalendarimiz hanuz dushanbadan jumagacha band.

Amerikada ko‘pchilik qisqa ish haftasini xohlaydi. Ko‘p xodimlar ta’til kunlarini ham to‘liq ishlatmaydi. Bandlik statusga aylangan joyda AI bo‘shatgan vaqt ham status uchun sarflanadi.

Shuning uchun AI kelib bizni qutqarishini kutish g‘alati. Kompaniyalar hozirning o‘zida natijani soat bilan emas, yaratilgan qiymat bilan o‘lchashi mumkin. To‘rt kunlik rejimni kichik jamoada sinashi mumkin. Revenue, mijoz sifati, deadline, burnout va retentionni oldin-keyin solishtirishi mumkin.

AI 4 kunlik ish haftasini yaratmaydi.

Buni rahbarning o‘zi kalendarga qo‘yadi. Yoki navbatdagi konferensiyada yana bashorat qiladi.

Xulosa o‘zingizga havola.

Manbalar